Mir Arab oliy madrasa 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etildi.

Mir Arab oliy madrasa 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etildi.

Davlat rahbari 2017-yilda ushbu taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, madrasaning tarixiy maqomini tiklash hamda buning uchun Ark yonida yangi bino barpo etish boʻyicha topshiriq berdi.

Ushbu madrasa 500-yillik tarixga ega boʻlib, uning bitiruvchilari orasidan koʻplab olimlar, imomlar va muftiylar yetishib chiqqan. Biroq oʻtgan asrda uning maqomi oʻrta maxsus taʼlim muassasasi darajasiga tushirilgan edi.
Davlat rahbari 2017-yilda ushbu taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, madrasaning tarixiy maqomini tiklash hamda buning uchun Ark yonida yangi bino barpo etish boʻyicha topshiriq berdi.

2023-yil 17-fevral kuni Shavkat Mirziyoev Mir Arab oliy madrasasining yangi binosiga tashrif buyurib, ustoz-mudarrislar va talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida davlatimiz rahbari shunday dedi:

“Bunday uzoq tarixga ega taʼlim dargohlari juda kam. Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish boʻldi, deb oʻylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq. Internetda ilmiy asosi boʻlmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoshlar qayerdan biladi? Buni sizga oʻxshagan ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, toʻgʻri tushuntirib berishi kerak”.

Фотографии