Qabul
Abituriyentlar uchun qabul shartlari
Test olinadigan fanlar
- Arab tili 30x3,1-93;
- Fiqh va aqoid 30x2,1-63;
- O'zbekiston tarixi 30x1,1-33;
Talab etiladigan hujjatlar
- taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
- pasport yoki ID karta nusxasi (asli koʻrsatiladi);
- oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasini tamomlagani toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli koʻrsatiladi);
- 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (soʻnggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda boʻlishi talab etiladi).
Xorijiy davlatlardagi diniy taʼlim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan oʻtkazilgan diplomga ega boʻlgan abituriyentlar (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.
Eslatma: Diniy taʼlim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Joriy yilda maktab, akademik litsey yoki kollejni tamomlab, oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan abituriyentlar va nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno.
Abituriyentlarga qulaylik: Oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish istagidagi abituriyentlar oʻzlariga yaqin boʻlgan diniy taʼlim muassasasining qabul hayʼati orqali respublikadagi istalgan diniy taʼlim muassasasiga hujjat topshirishlari mumkin.
Onlayn ariza topshirish
Abituriyentlar uchun qabul shartlari va onlayn ariza
Onlayn ariza topshirish